Paksas Rolandas

Paksas Rolandas (1956.10.6, Telshyay shahri) — Litva davlat arbobi. Vilnyus qurilish muhandislari instituti (1979), hozirgi Sankt-Peterburg Fuqaro aviatsiyasi akademiyasi (1984)ni tugatgan. Dastlab yo’riqchi-uchuvchi, keyinchalik Vilnyus shahridagi «Dariyus va Giryunas» uchuvchilar klubi direktori, ko’ngilli milliy mudofaa xizmati boshlig’i bo’lib ishlagan. 1992— 97 yillarda «Restako» qurilish kompaniyasi prezidenti. 1997 yildan Vilnyus shahri kengashi a’zosi, 1999 yil shahar meri. Shu yili Litva bosh vaziri, Litva Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Prezidentning maxsus topshiriqlar bo’yicha favqulodda elchisi, 2000 yildan yana Vilnyus shahri meri va Litva Seymi deputati. 2000 yil noyabr — 2001 yil iyunda Litva bosh vaziri. 2002 yil martdan yangi tuzilgan Litva Liberal-demokratlar partiyasi raisi, 2003 yil 5 yanvardan Litva Respublikasi Prezidenti.