Palingenez

Palingenez (Yunoncha palin — yana, qayta va …genez) — organizm embriogenezida takrorlanadigan mazkur tur filogeneziga mos keladigan jarayonlar. «Palingenez» terminini nemis olimi E. Gekkel (1866) biogenetik qonun tamoyillarida taklif etgan. Palingenezga misol qilib (Gekkel bo’yicha) yuksak umurtqalilar embrionida ular ajdodlarini voyaga yetgan davri uchun xos bo’lgan, hozirgi tuban xordalilar va tuban umurtqalilarda ham mavjud bo’lgan ekto va entoderma, nerv nayi, xorda, jabra yoylari, jabra yoriqlari, ayirish organlarini keltirish mumkin. Palingenez filogenetik o’zgarishlarning yo’nalishi to’g’risida xulosa chiqarishga imkon beradi. Gekkel ko’rsatishicha, tsenogenez (organizmning embrion yoki lichinka rivojlanadigan maxsus muhitga moslanishi) Palingenez izchilligini buzadi.