Pampangan, pampango, kapampanganlar

Pampangan, pampango, kapampanganlar — Filippindagi Pampanga viloyati (Luson oroli markazi va Janubiy- g’arbiy qismi)dagi xalq. Umumiy soni 2 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Filippin tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, katoliklar. An’anaviy mashg’ulotlari — sug’orma dehqonchilik va qoramolchilik. Hunarmandchiligi — kulolchilik (Xitoy ta’sirida), temirchilik, kashtachilik, to’qimachilik.