Panel
Panel (nemischa Paneel) — 1) qurilish konstruktsiyasining zavodda tayyorlanadigan yirik o’lchamli yassi elementi. Panel tayyorlanayotganda deraza va eshik o’rinlari qoldiriladi; 2) devor va boshqalarning bezak qoplamasi (yog’och, plastmassa, moy-bo’yoqli va boshqalar); 3) ko’cha chetida piyodalar uchun asfalt-beton, tosh va boshqalardan to’shalgan yo’lkalar; 4) elektr shchitlari, boshqaruv pultlari, radiotexnik qurilmalar, asboblar va boshqalarning signal, nazorat, o’lchash va boshqa apparatlari joylashtirilgan qismi; 5) fermaning asosiy nagruzkani qabul qiladigan ikki qo’shni uzeli orasidagi qismi.