Panjgoh
Panjgoh (forscha — besh parda, besh pog’ona) — 1) O’rta asr o’n ikki maqom tizimida muayyan sho’ba nomi; 2) Shashmaqom tarkibidagi rost maqomi mushkilot bo’limida “Muhammasi Panjgoh” nomi bilan yetib kelgan cholg’u qism. Uning o’ziga xos ijod yo’llaridan biri Rosli Panjgoh deb ataladi; 3) Xorazm maqomlarining biri. Turkumda so’nggi o’rin egallagan bo’lib, faqat cholg’u qismlardan iborat. Parda tuzilishi hamda kuy mavzulari Rost maqomiga tutash bo’lgani sababli Panjgoh mustaqil maqom darajasida tan olinmagan; 4) uyg’ur o’n ikki muqomlaridan biri.