Panpsixizm

Panpsixizm (Pan… va Yunoncha Psyche — ruh, jon) — tabiatni umuman jonli deb hisoblovchi tasavvur. Panpsixizmning tarixiy shakllari xilma-xil bo’lib, ibtidoiy e’tiqod bo’lgan animizm va yunon falsafasidagi gilozoizmdan tortib to ruh va psixikani dunyoning haqiqiy mohiyati deb talqin etuvchi rivojlangan ta’limot (G.V.Leybnisning monada kontsepsiyasi, G.T.Fexner, K.G.Yung va boshqalarning falsafiy g’oyalari)gacha o’z ichiga oladi.