Par
Par — qushlar patining bir xili, pat o’zagining juda qisqa bo’lishi, yelpig’ichining bo’lmasligi bilan boshqa patlardan farq qiladi. Parning o’siqchalari pat o’q p uchki qismida g’uj bo’lib joylashib voyaga yetgan qushlarda Par Qoplovchi ostida joylashgan. Par, odatda, suvda yashovchi qushlar (g’ozsimonlar, eshkak oyoklilar)da yaxshi rivojlangan bo’lib, patlar ostida bir tekis tarqalgan (g’ozlar, o’rdaklar, laylaklar, to’tilar va boshqalar) yoki faqat tananing pteriliy yoki apterilii qismida to’plangan bo’ladi. Ayrim qushlar (ko’krak tojeizlar, kaptarlar)ning voyaga yetgan davrida Par bo’lmaydi.