Parallel

Parallel (Yunoncha parallelos — yonida boruvchi) — 1) geografiyada — yer yuzasida ekvatorga parallel o’tkazilgan shartli doira chizig’i. Xarita, globuslarda gradus to’rining asosiy tarkibiy qismi. Parallel Sharq bilan G’arbni ko’rsatadi. Ekvatordan uzoqlashgan sari Parallel qisqara boradi. Bir Parallelda yotgan barcha nuqtalarning geografik kengligi bir xil bo’ladi; 2) astronomiyada – osmon sferasining kichik aylanasi; tekisligi osmon ekvatori tekisligiga parallel bo’ladi. Osmon sferasining olam o’qi atrofida ko’rinma sutkalik aylanishi natijasida osmon nuqtalari (olam qutblaridan tashqari) o’tgan yo’llardan iborat.