Parallelepiped

Parallelepiped (Yunoncha Parallelos — parallel va epipedon — tekislik) — qarama-qarshi yoqlari o’zaro parallel va teng parallelogrammlardan iborat oltiyoqlik. Parallelepipedning 8 uchi, 12 qirrasi bo’ladi. Yon qirralari asos tekisligiga tik bo’lgan Parallelepiped to’g’ri, aks holda og’ma Parallelepiped deyiladi. To’g’ri Parallelepipedning yon yoqlari to’g’ri to’rtburchaklardan iborat. Asosi to’g’ri to’rtburchakdan iborat Parallelepiped to’g’ri burchakli Parallelepiped, yoqlari kvadratlardan iborat Parallelepiped kub deyiladi. Parallelepiped hajmi asosining yuzi Ѕ bilan balandligi Ya ko’paytmasiga teng, ya’ni V=HS.