Paranji

Paranji (Arab, faraji — keng ko’ylak) — ko’pchilik musulmon ayolla- rining yopinchig’i; chachvon b-n birga an- sambl hosil qilgan. Ayollar gavdasini boshidan oyoq yashirib turishga xizmat qiladi. Bichimi keng to’n shaklida bo’lib, elkadan pastga tomon to-rayib boruvchi uzun bandagi (engi) etakka yaqin joy- da bir-biriga chatib birlashtiriladi. Ayol yuzini chachvon to’sib turadi. Avra- astarli kilib tikiladi. Avrasi Baxmal kimxob, Bano-ras, olacha va b. Matolardan tikilib, chetlari kashta tikib, kashtali jiyaklar tutib beza-tiladi, astari chit, satindan tayyorlanadi hamda chetlariga zangori, pushti yoki si-dirg’a shoyidan adip qilinadi. P.ning ikki yoni (cho’ntak o’rni)ga tik tushgan (25 sm uzunlikda) 2 ta jiyak tutashtirib chatiladi, jiyaklar uchidan popukchalar chiqarilgan, ba’zan qo’ng’iroqchalar osilgan. P.ning o’tmishdoshi faraji ham er- kaklar, ham ayollarning engil keng ustki kiyimi bulgan. Qad. Misrda paydo bul- gan va b. Sharq mamlakatlariga tarqalgan. O’rta Osiyoda 16-a.da ilm axlining ustki kiyimi hisoblangan. 16-a.dan ayolni be- gona kuzlardan yashiruvchi yopinchig’iga, uzun englari bezak qismiga aylangan. P. yopinish Islom shariatiga Moe kelgan. 20-a.dagi ijtimoiy o’zgarishlar jara- yonida (ayniqsa, 30-y.lardan boshlangan «hujum» harakati va b. tufayli) P. de- yarli urfdan qolgan.