Pardoz

Pardoz — 1) amaliy san’at (zargarlik, ganch va yog’och o’ymakorligi, miskarlik va boshqalar)da narsalar sirtiga beriladigan so’nggi ishlov, jilo; 2) o’ymakorlikda naqsh yaratish usuli; ganch o’ymakorligida 6 ta Pardoz — lo’la pardoz, paxpardoz, tabaqa Pardoz, chizma Pardoz, choka Pardoz va qirma Pardoz turlari bor. Sodda va murakkab Pardoz, zaminli va zaminsiz o’yma turlari o’ymakorlik naqshlari talqinida yaqqol ko’rinadi. Bunday Pardoz naqshlangan yuzani jozibador bo’lishini ta’minlaydi.