Parfyanlar, parfiyaliklar

Parfyanlar, parfiyaliklar — elat, mil. AV. 1-ming yillik va milod- ning boshlarida Kaspiy dengizining Jan.-sharqida, hoz. Jan. Turkmaniston va Xurosonda yashaganlar (qad. Partava — Parfiya viloyati). P. eroniy tillar- dan birida so’zlashgan, asosan, dehq- onchilik b-n shug’ullangan. Parfiyadagi irrigasiya inshootlari mil. AV. 1-ming yillik boshlaridayoq ma’lum bo’lgan. P. Midiya podsholigi tarkibiga kirgan (q. Midiya), so’ngra esa (kir II davrida) — Axomaniylar davlati qo’l ostida bo’lgan, ularga soliqlar to’lab, jangchilar (otliq kamonchilar) etka-zib berishgan. Doro I davrida Parfiya va qo’shni Girkaniya- da qo’zg’olon ko’tarilib, u Axomaniylar qo’shini tomo-nidan qiyinchilik b-n bo- stirilgan (521 y. 8 mart va 12 iyuldagi janglar). Mil. AV. 4-a.ning 20-y.larida P. Aleksandr tomonidan tobe etilgan, so’ngra (mil. AV. 281 y.dan) Salavkiylar davlati tarkibiga kirgan. Mil. AV. taxm. 250 y.da mustaqil Parfiya podsholigi bar-po etilgan, uning asosiy o’zagini P. yashagan hudud tashkil qilgan. P.ning asosiy dini — zardushtiylik; Mitra va Nanayya (Anaxita) kultlari ham keng tarqalgan. P. yozuvi oromiy alif-bo- si asosida vujudga kelgan. P. dunyo-viy adabiet obidalaridan ozginasigi -na forscha qayta ishlangan shakdda saqlanib qolgan. Parfiya tili mil. 3-4-a.lar- da sosoniylar davrida ham muomalada bo’lgan; taxm. 6-a.da u fors tili tomo- nidan siqib chiqarilgan. Qad. P.ning AV- lodlari turkman xalqi va Sharqiy Eron (Xuroson)dagi fors xa-lqi etnogenezida qatnashganlar.