Parmalash

Parmalash — metall va yog’och buyumlarga teshik ochish, chuqurcha o’yish. Parmalash Parma, mexanik asboblar (elektr Parma, elektr drel), parmalash stanoklari, parmalash avtomatlari, tokarlik stanoklari, dastaki asboblar va boshqalarda bajariladi. Lazer nuri yordamida Parmalash usuli ham bor. Bu usulda olmos buyumlarda, issiqlik o’tkazuvchanligi past bo’lgan materiallardan yasalgan narsalarga teshiklar ochiladi.