Pashmak

Pashmak — shirinlik turi. O’rta Osiyoda qadimdan mashhur. Pashmak uchun shakar, sirka essentsiyasi, oliy nav bug’doy uni va qo’y yog’i ishlatiladi. Tayyorlash usuli: qozonga shakar va suv solinadi (suv miqdori shakar miqdoriga nisbatan 30-40% kam). Qozon to’xtovsiz qaynatiladi. Qaynatish (sirka essentsiyasi qo’shilib) namlik 1,5 -1,7% qolguniga qadar davom ettiriladi, so’ngra qo’y yog’i qo’shiladi. Tayyor qandolat massasini unga belab, qo’l bilan tola-tola bo’lguncha cho’zib ishlov beriladi. Tolalar to’pga yig’ilib, maxsus o’lchovda kesiladi.