Pasxa

Pasxa (qad. yahudiycha peysax — o’tmoq) — yahudiylar va xristianlarning bahor bayrami. Qadimda ko’chmanchi semit qabilalari P.ni chorva mollarining Bax- rrgi bolalash vaktida bayram kilganlar. Bu qabilalarning o’troqdashishi va deh- qonchilik b-n shug’ullanishi natijasida P. o’rim-yig’im bayramiga aylangan. P. yaxudiylarning yillik bayramlari ichi- da eng e’tiborlisidir. Bu bayram xri- stianlarning P.sidan farkli o’laroq, yaxudiylarning Misrdagi Fir’avn kul- ligidan qutulib chiqqanlari (taxm. mil. AV. 8-a.) munosabati b-n nishonlanadi. Yaxudiylar P. sida keyinchalik messiya- ni kutish g’oyasi ham o’z ifodasini topdi. Xristianlikda bu bayram Isoning ti- rilishi to’g’risidagi rivoyat b-n boglik bo’lib, pravoslavlarning asosiy bayra- mi hisoblanadi. Bahorgi tengkunlik va to’lin oydan keyingi 1yakshan-bada ni- shonlanadi. Bayram kunlari sa-nasini hisoblab chiqish uchun jadvallar (Pasxa- liya) tuziladi. P. pravoslav cherkovida Yuliy taqvimi bo’yicha (eski xisobda) 22 martdan 23 apr.gacha bo’lgan davr- ga; g’arbiy xristianlarda — Grigoriy taqvimi bo’yicha 26 martdan 23 apr.gacha bo’lgan davrga to’g’ri keladi.