Paykon

Paykon — 1) kamon o’qining uchi, o’q uchidagi metall bashoq. Paykon mezolit, neolit va jez davrlarida chaqmoq toshdan, ba’zan, hayvon suyaklaridan yasalgan. Jezdan yasalgan Paykon temir davrining dastlabki davrlarida keng tarqalgan. Temirdan yasalgan Paykon miloddan avval qurollanishga kirib kelgan. Paykon aksar hollarda zo’g’atali qilib yasalgan va uni sanchilgan badandan sug’urib olish amri mahol bo’lgan; 2) nayzaga qadaladigan uch; 3) tikon; 4) mumtoz adabiyotda Paykon majozan kiprik ma’nosini ham ifodalagan.