Pekan

Pekan (Carya olivaformis Nutt. S.pecan), zaytunyong’oq — yong’oq-doshlar oilasi kariya turkumiga mansub yongoqmevali daraxt. Vatani — Shim. Amerika. Yovvoyi holda shim. Amerika- da usadi. Evropaga 18-a.da keltirilgan. Qora dengiz bo’ylarida, Ukrainada, O’rta Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda (1926 y.dan boshlab) ekiladi. R. R. Shreder no- midagi bog’dorchilik, uzumchilik va VI- nochilik in-tining Bo’stonliq filiali- da, Tojikiston Vaxsh tajriba styasida o’stiriladi. Bo’yi 50 m gacha, diametri 2-2,5 m gacha boradi, 300 — 400 y. yashay- Di. Tuproq namligiga talabchan, lekin doimiy namlikni yoqtirmaydi. Issiqqa va soyaga bardoshli. Sovuqqa yong’oqqa nisbatan chidamliroq. 29-30° sovuqqa chidaydi. Barglari yirik, toq patsimon. May oyida yoki iyul boshlarida gullay- Di. Changchi gullari kuchalalarida, o’tgan yilgi Nov-dalarda, urug’chi gullari esa yosh novdalar uchida hosil bo’ladi. Mevasi soxta danak, yong’oqchasi (3,5 — 8 sm) okt.noyab.da pishadi, mag’izi oqish, shirin, yong’og’ining 45-60% ini tashkil etadi. Yong’oqchasida 70% gacha moy va ko’p miqdorda oqsil, qand bor. Yong’og’idan va payvandlab ko’pay-tiladi. P. ko’chatlarini o’tqazish va parvarish qilish usullari yong’o/(nikiga o’xshash. O’zbekiston sharoitida 10-12 yilda hosil qiladi. Har yili (20 yoshlisi 250 kg gacha) hosil beradi. Mevasi iste’mol etiladi, qandolatchilikda, moyi oziq- ovqatda ishlatiladi. Yog’ochi o’z xossalari jihatidan eman yog’ochidan qolishmaydi. R. R. Shreder nomidagi in-tda P.ning Hosildor va O’zbekiston navlari yaratil- gan. P. manzarali o’simlik sifatida ham ekiladi. Ad.: Sorta plodovix, subtropiche- skix, orexoplodnix Kultur i yagod, T., 1968; ri-Bakov A. A., Ostrouxova S.A., O’zbekiston mevachiligi, T., 1967.