Pelagial yotqiziklar

Pelagial yotqiziklar – ochiq dengiz va okeanlar tubida qirg’oqsan ancha uzokda juda mayda muallaq zar- ralarningto’planib borishidan vujudga keluvchi yotqiziklar. «P.yo.»terminini 1891 y.da geologlardan Merrey va Re- narlar taklif etgan. P.yo. tarkibiga plankton mikroorganizmlarning ske- letlari, mayda zarrali terrigen va vul- kanogen materiallar, yangitdan hosil bo’lgan autigen minerallar (G’e — Mp konkresiyalari, tseolitlar, montmoril- lonit), kosmik chang kiradi. P.yo. orasida biogen turlari (dia-tomli, radiolyariy- li, foramineferali, pteropodali, kok- kolitli) va poligen cho’kindilar (qizil gillar) keng tarqalgan bo’lib, ular birgalikda dunyo okeani tubining aksa- riyat qismini qoplab yotadi. P.yo. okean yotqiziklarining eng xarakterli va keng tarqalgan turi. Barcha P.yo. uchun juda sust cho’kin-Di hosil bo’lish tezligi va cho’kindilarning oksidlanganligi xos.