PENYA

PENYA – fuqarolik huquqida jazo choralari (jarima)ning ko’rinishlaridan biri, qonun yoki shartnomaga muvofiq to’lovlar muddatini buzganlik uchun undiriladigan moliyaviy jazoning shakli. Uning miqdori qonunga ko’ra to’lovning har bir kechiktirilgan kuni uchun to’lanishi lozim bo’lgan summaga nisbatan foizda belgilanadi. Korxona tomonidan to’langan penya summasi noishlab chiqarish xarajatlarining tarkibiga kiritiladi.