Peptizasiya
Peptizasiya (Yun. peptein — qayta gtishirmoq) — koagulyasiya natijasida olingan cho’kmaning qaytadan kolloid eritma (zol)ga o’tish jarayoni. P. koagu- lyasiyaga teskari, ya’ni cho’kmaga tushgan yirikroq agregatlarning qay-tadan kol- loid zarracha holatiga o’tishi (dezagrega- tsiyalanishi). P. jarayonini amalga oshi- rish uchun koagulyasiya mah-sulotiga biror elektrolit yoki sirt faol modda qo’shib, erituvchi b-n aralashtiriladi. Kolloid eritma olishda ishlatilgan elektrolit va ba’zi sirt faol moddalar peptizator- lar deyiladi. P. tezligiga turli omil- lar (peptizatorning kimyoviy xossasi, kontsentrasiyasi, cho’kmaning holati va mikdori, t-ra, aralashtirish tezligi, vodorod ionlarning eritmadagi kontsen- trasiyasi, ultratovush, radioaktiv nur va h.k.) ta’sir etadi. P. murakkab jara- yon bo’lib, uning mexanizmi dis-persion muhit va peptizatorning cho’kma sirtiga adsorblanishiga, solvat qavatlar hosil bo’lishiga, cho’kma b-n peptizator orasi- da bir qator oraliq mahsulotlar paydo bo’lishiga bog’liq. Bevosita va bilvosi- ta P. bo’ladi. Agar qo’shilayotgan modda to’g’ridan-to’g’ri peptizator vazifasi- ni o’tasabevosita yoki adsorbtsion P., ko’shilayotgan modda cho’kma sirti b-n re- aktsiyaga kirishganida peptizator hosil bo’lsa, jarayon bilvosita yoki dissolyu- tsion P. deyiladi. Uzoq vaqt saqlangan cho’kmani P. Qilib bo’lmaydi. P.dan kol- loid kimyoda va tex-nikada keng foydala- niladi.