Perikard

Perikard (peri… va Yunoncha cardia — yurak) — odam va umurtqali hayvonlarda yurakni o’rab turadigan yopiq xaltasimon tuzilma. Tashqi — fibroz va ichki — seroz qavatlardan iborat. Seroz kavat vistseral (epikard) va parietal qavatlarga bo’linadi. Shu qavatlar orasidagi Perikard bo’shlig’ida och sarg’ish tiniq seroz suyuqlik bor. Epikard yurak yuzasiga zich yopishgan. Tashqi qavat (asl Perikard) Perikard bo’shlig’ini ko’krak bo’shlig’idan ajratib turadi. Perikardda qon va limfa tomirlari, juda ko’p nerv uchlari bo’ladi. Perikard biriktiruvchi to’qimadan iborat g’ovak kletchatka bilan o’ralgan.