Perpendikulyar

Perpendikulyar (lotincha perpendiculum — tik) — to’g’ri chiziq (yoki tekislik) ni to’g’ri burchak ostida kesuvchi to’g’ri chiziq. Perpendikulyarning berilgan to’g’ri chiziq (yoki tekislik) bilan kesishish nuqtasi Perpendikulyar asosi, Perpendikulyarning biror nuqtasi bilan asosi orasidagi masofa Perpendikulyar uzunligi deyiladi.