Petrov muzligi

Petrov muzligi – Tyanshandagi muzlik (Qirg’iziston). Oqshiyroq toflarida, Norin daryosining bosh irmog’i Qumtor daryosi boshlanadigan joyda. Maydoni 73,9 km2. Uzunligi 14,3 kilometr, eni quyi qismida 1,8 kilometr gacha. A. V. Kaulbars ekspeditsiyasida (1869) qatnashgan topograf Petrov nomi bilan atalgan.