Pigment hujayralar

Pigment hujayralar, xromo- toforlar — neyroektodermadan hosil bo’ladigan, erkin joylashgan yoki epi- teliy tarkibiga kiruvchi hujayralar; ko’pchilik umurtqasizlar va barcha umurtqali hayvonlarda teri va uning hosilalari (pat, Yung), ko’zning rangi- ni belgilovchi pigmentlarni sintez qiladi. P.h. organizmni ultrabinaf- sha nurlardan himoya qilish, termore- gulyasiya funktsiyasini bajaradi. P.h. hayvonlar jinsni tanib olishi va ular rangining xilma-xil bo’lishida katta ahamiyatga ega. O’simlik gullarining xilma-xilligi ham P.h. b-n bog’liq. Pig- mentlar hujayra tsitoplazmasida maxsus pigment donachalarida sintezlanadi. P.h.ningfunk-tsiyasi nerv va endokrin sistema orkali boshqariladi. Ularning funktsiyasi mavsumiylik va endogen bio- ritmiklikka ham bog’liq. Pigmentasiya tirik organizmlarning tashqi muhitga moslashishida katta ahamiyatga ega. Odam te-risidagi tug’ma xollar melanoblast- larning noto’g’ri taqsimlanishi nati- ja-sida hosil bo’ladi. Ayrim omillar ta’sirida tug’ma xollar ba’zan xavfli o’smalar, ya’ni melanomalarga aylanishi mumkin.