Pilsudskiy (Pilsudski) Yuzef

Pilsudskiy (Pilsudski) Yuzef (1867-1935) — Polsha davlat arbobi, marshal (1920). Polsha sotsialistik partiyasi rahbarlaridan biri. 1-jahon urushi davrida Avstriya-Vengriya tomonidan turib Rossiyaga qarshi jang qilayotgan polyak legioniga qo’mondonlik qilgan. 1919-22 yillarda davlat rahbari (davlat «boshlig’i»). 1926 yil mayda davlat to’ntarishi qilib harbiy vazir (ba’zan bosh vazir) sifatida mamlakatda avtoritar tuzum o’rnatgan.