Pnevmokokklar

Pnevmokokklar (lotincha Pneumon-nafas va kokklar, streptococcus pneumoniae) — streptokokklar turkumiga mansub bakteriyalar. Hujayrasi (diametri 0,5—1,25 mkm), odatda, juft, harakatsiz, dumaloq yoki oval shaklda, grammusbat aeroblar. Pnevmokokklar tashki muhit sharoiti ta’siriga kam chidamli, Patogenlik xususiyatiga ega. Pnevmoniya va nafas organlarining boshqa kasalliklarini qo’zgatadi.