Po’lat armatura

Po’lat armatura – temir-beton konstruksiyalarini kuchaytiruvchi (armaturalovchi) po’lat. Qurilishda undan XX asr boshlaridan buyon foydalaniladi. Silliq va davriy profildagi sterjentlar ko’rinishidagi po’lat armatura keng tarqalgan. Bundan tashqari, uglerodli po’latdan ishlanadigan armatura simlari hamda eshilgan po’lat simlar (pryadlar), kanatlar, payvandlanuvchi to’qima to’rlar ham keng qo’llaniladi. Po’lat armaturaning mustahkamligi kiyarlash, cho’zish, sovuq holatda yassilash, avtomatik toblash agregatlarida elektr yordamida mustahkamlash, prokatli qizdirish orqali termik mustahkamlash va shu kabi usullar bilan oshiriladi. Po’lat armaturaning xossalarini yaxshilash uchun titan mikrolegirlash usulidan foydalaniladi.