Polis

Polis (Fransuzcha police, italyancha pollizza — tilxat), sug’urta shartnomasi — shaxsiy yoki mulkiy sug’urta shartnomasini tasdiqlaydigan va uning shartlari haqida sug’urta tashkiloti bergan hujjat, tilxat, patta. Polis zaruriyat tug’ilganda sug’urtachiga qarshi da’vo qo’zg’atib, zararni undirish uchun sudga taqdim etiladi. O’zbekistonda «Polis” tushunchasi bilan birga ko’proq «sug’urta guvohnomasi» qo’llaniladi.