Polyarimetriya

Polyarimetriya (ruscha polyarizatsiya — qutblanish va …metr) — optik faol moddalar yorug’likning qutblanish tekisligini qanchalik burishini o’lchashga asoslangan fizik-kimyoviy usul. Ko’pincha, organik birikmalar optik faol moddalar hisoblanadi. Moddalarning optik faolligi optik asbob — polyarimetr yordamida o’lchanadi. Polyarimetriya usuli asosida o’simlik xom ashyolaridagi qand va kraxmal, eritmalardagi oqsil va aminokislotalar, siydikdagi uzum qandining mikdori va uglevodorodlarni parchalovchi fermentlar xili, miqdori va kuchi aniqlanadi.