Polzun
Polzun (ruscha polzat — sirpanmoq), kreytskof — to’g’ri chiziqli va yoysimon yo’naltirgichlar bo’ylab ilgarilama-qaytma harakat hosil qilish uchun ishlatiladigan detal; krivoship-shatunli va kulisali mexanizmlarning zvenosi. Metall kesish stanoklari (ko’ndalang randalash, tekis silliqlash va boshqalar) da Polzun keskichni oldinga va orqaga harakatlantiradi. Ichki yonuv dvigatellari, porshenli kompressorlar va boshqalarda Polzun vazifasini porshen bajaradi.