Pona
Pona — bir uchi tig’li, bir yoki ikki qirrasi qiya tekislik ko’rinishidagi od- diy yog’och yoki metall qurol. P. kesuvchi (yoki yoruvchi) asbob (mas, zubilo, yorgich), mashinalarning o’rnatma yoki rostlov- chi detallari sifatida (mas, mashi- nalarni yig’ishda) qo’llanadi. Asbob sifatida P.ning o’ziga xosligi shunda- ki, undan foydalanitshda kuchdan ancha yutiladi, chunki qirrasining qiyalik burchagi va ishqalanish koef-fisienti kichikbo’ladi. P. mashinasozlikda, mashi- nalarni ta’mirlash ishlarida, o’rmonda yog’och tayyorlashda, uy-ro’zg’orda ishlatila- Di.