Porshen

Porshen — dvigatellar, kom- pressorlar, nasoslar va b. tsilindra ichi- da ilgarilamaqaytma harakatlanadigan tsilindrik detal. Energiyani bir tur- dan boshqa turga aylantirishda ishla-ti- ladi. Ish jismi (bug’, gaz, suyukdik) ta’- sirida harakatlanadi (porshenli dviga- tellar) yoki dvigateldan harakatlanib, ish jismini so’radi (nasoslar) va siqadi (kompressorlar). P. bir necha qismdan iborat bo’ladi. Mac, inki yonuv dvigate- lidati P. gaz bosimini kabul qiluvchi tubdan, tsilindr b-n P. orasidagi tirqishni zichlovchi porshen halqalari o’rnatiladigan ariqchali kallakdan, P. b-n shatun bevosita bi-rikishi uchun P. barmog’i o’rnatiladigan bobishkadan, yo’naltiruvchi qism — yubkadan iborat. P. ustidagi ish bo’shlig’ining zichligini oshiruvchi elastik, qirqma halqalar P. o’yiklarida erkin siljiydi; porshen b-n tsilindr orasida zichlikni hosil qilish uchun mo’ljallangan kompres-si- on halqalar, tsilindr yuzasidan ortiqcha moyni sindirish va uni yonish kamera- siga tushirmaslik uchun mo’ljallangan moy sidirish halqalari bor. Halqalar cho’yan yoki po’lat (ba’zida bronza) dan tayyorlanadi. Dizellarna P. siqish ka- merasining bir qismini hosil qiluvchi sferik chuqurchali qilinadi. Bug’DVI- gatellarida ishlatiladigan, shtokka o’rnatiladigan P. yo’naltiruvchi qismsiz qilib tayyorlanadi. Yonilg’i nasosilaph P. plunjer deyiladi, rotor-porshenli ichki yonuv dvigatelida P. vazifasini rotor ba-jaradi. P., asosan, alyuminiy qotishmalari va cho’yandan yasaladi.