Port-o-Prens
Port-o-Prens —Gaiti davla- ti poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Ga- iti o.ning g’arbiy qismida joylash- gan. Iqlimi tropik, o’rtacha t-ra yanv.da 25°, iyulda 28°. Yillik yog’in 1355 mm. Aholisi 846,2 ming kishi (1995). Mam- lakatning Karib dengizi sohilidagi muhim porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Sha-karqand z-dlari, ta- maki, to’qimachilik, tsement sanoati kor- xonalari mavjud. Rom ishlab chikarila- Di. Un-t, Gaiti xalqlari muzeyi, milliy muzey, konservatoriya vah.k. bor. P.-o-P. ga 1749 y.da asos solingan. 1770 y.dan Fran-tsiyaning San-Domingo mustamlaka- sining ma’muriy markazi. 1804 y. 1 yanv. dan mustaqil Gaiti poytaxti. Me’moriy yodgorliklaridan San-Susi saroyi va ra- mer tarixiy bog’i saqlangan.