Port-Vila
Port-Vila, Vila — Vanuatu davlati poytaxti, Efate orolida. Aholisi 29,3 ming kishi (1999). Tinch okean sohilidagi port, chetga kopra, kakao, kofe chiqariladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat, to’qimachilik sanoati korxonalari bor. Xalqaro moliya markazi.