Potanin Nikolay
Potanin Nikolay (19-a.ning 1yarmi) — kazak xorunjiysi (podporu- chik), Ros-siyadan maxsus topshiriq b-n Qo’qon xonligiga yuborilgan (1829-30). Kozoq dashtlaridagi kazak otryadlaridan birining komandiri. Sankt-Peterburgga borgan Qo’qon xonligi elchilarini ku- zatish va bosib o’tilgan yo’llarning to- pografik xaritasini tuzish topshirig’i berilgach (1829 y. 13 may), Semipalatin- SKdan (yozuvchi S. Markovning fikricha, Omskdan) Qo’qongacha bu elchilarni ku- zatib kelgan. Mirzacho’l, Chimkent, Tosh- kent, Xo’janddan o’tib, 8 dek.da Qo’krnga kelgan va 1830 y. 1 apr.da Toshkentdan chi-qib ketgan. P. o’z sayohatlari natija- sida «Qo’qon xonligiga oid yozishmalar» asarini yozib, unda xonlikdagi ma’mu- riy boshqaruv tizimi, saroy unvonlari, xarbiy va diniy mansablar, shaharlar hayoti va bozorlar, Qo’qon xonligining Buxoro amirligi b-n o’zaro munosabat- lari haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirgan. Uning yozishicha, bu paytda Qo’qonda 15000 erkak kishi, jumladan 4000 askar va 100 ta masjid, Toshkentda 10000 erkak kishi, jumladan, 3000 askar (600 tasi qo’qonlik) bo’lgan. Bu asar Ros- siyada 3 marta (1831, 1856, 1916) nashr qilingan. Asardan parchalar Toshkentda ham bosilgan (1990). Mashhur rus geogra- Fi g.N.Potanin uning o’g’lidir. Ad.: Istoriya Uzbekistana v istochni- kax. O’zbekiston v soobtsheniyax puteshe- stvennikov i uchenix (20-80 godi XIX v.), (Sostavitel B.V.Lunin), T., 1990.