Pozitivizm

Pozitivizm (lotincha positivus — ijobiy) — falsafiy yo’nalish. Unga ko’ra, barcha chinakam (pozitiv) bilimlar maxsus fanlar yig’indisi natijasidir; fan biror falsafaning o’z ustidan hukmronligiga muhtoj emas. Pozitivizmga 19-asrning 30-yillarida O. Konsh asos solgan («Pozitivizm” terminini kiritgan). Pozitivizm tabiiy va ijtimoiy fanlar metodologiyasiga (ayniqsa, 19-asrning 2-yarmida) ta’sir ko’rsatgan. Pozitivizmning hozirgi shakli — neopozitivizm.