Preferentsiya

Preferentsiya (lotincha Praeferentia — afzal ko’raman) — biror bir faoliyat turini qo’llab quvvatlash uchun ayrim davlatlar, korxonalar, tashkilotlarga beriladigan afzalliklar, imtiyozlar. Soliqlarni kamaytirish, bojxona bojlaridan tashlamalar, to’lovlardan ozod qilish, imtiyozli kreditlar taqdim etish shakllarida amalga oshiriladi. Preferentsiya davlat tomonidan beriladi va aniq manzilli xarakterga ega bo’ladi. Davlatlararo munosabatlarda Preferentsiya ham o’zaro, ham bir tomonlama tartibda bo’lishi mumkin.