PROGNOZLASH

PROGNOZLASH – biror obyektning yoki hodisaning kelajakdagi me’yoriy yoki maqbul holatlari, ularga erishish va ularni ro’yobga chiqarish yo’llari to’g’risidagi ehtimolga yaqin tasawumi ishlab chiqish. Prognozlash oldindan ko’rish shakli bo’lib, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va rejalar ishlab chiqish uchun amalga oshiriladi. Turli xil tarkibiy qismlarni prognozlashga asoslangan qisqa muddatli (1,5) yilgacha, o’rta muddatli (5 yil) va uzoq muddatli (10-15 yil) prognozlar mavjud. Taqdim etish shakliga ko’ra, miqdoriy va sifat prognozlariga, tadqiqot obyektlarini qamrab olish bo’yicha umumiy va qisman prognozlashga taqsimlanadi.