PROGRESS

PROGRESS (lot. progressus – oldinga harakatlanish) — rivojlanishning quyidan yuqoriga boradigan yo’nalishi. Jamiyatning quyi darajasi va shakllaridan yuqori darajasi va shakllariga qarab uzluksiz rivojlanishi, taraqqiyot. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi zaminida ro’y beradigan ijtimoiy Progress o’z shakli va sur‘ati jihatidan turlicha bo’lgan ziddiyatli jarayonlardan iborat. Progressning teskarisi- regress.