Propiley, propilon

Propiley, propilon (Yunoncha Propylaion — eshik oldi, kirish) — shaharga, yirik me’moriy ansambllarga kiriladigan Markaziy darvoza, serhasham yo’lak. Ikki tomoni portik va kolonnadalar bilan bezatilgan bo’ladi. Dastlab Yunonistonda muqaddas dargohlar va Akropol kiraverishiga qurilgan. Afina akropoli (miloddan avvalgi 437-432, me’mori Mnesikl), Myunxen (1846-60, me’mori L. Kontse), Sankt-Peterburgdagi Smolniy (1923-24, me’morlari V. A. Shchuko, V. G. Gelfreyx) Propileylari mashhur.