Protobolgarlar

Protobolgarlar — turkiy xalq. 4-asrda Janubiy-Sharqiy Yevropa dashtlarida yashashgan. 7-asrning 2-yarmida Protobolgarlarning bir qismi Kama daryosi va O’rta Volgaga tarqalgan (Volga—Kama bulg’orlari); boshqa qismi (Asparux boshchiligida) Bolqon yarim oroliga kirib borib, slavyan qabilalari bilan birgalikda 681 yil Birinchi bulg’or podsholiginj barpo etishgan. Keyinchalik slavyanlar bilan aralashib ketib, hozirgi bolgarlarning etnogenezida qatnashganlar.