Protrombin

Protrombin (Yunoncha pro — ilgari va trombin) — qon plazmasidagi murakkab oqsil (glikoproteid). Protrombin jigarda K vitamin ishtirokida sintezlanadi. Qon ivish jarayonida Protrombindan trombin fermenti hosil bo’lib, u tromb shakllanishini tezlashtiradi. Protrombin yetishmaganda gemorragii, diatez kasalligi kelib chiqadi.