Proxorov Aleksandr Mixaylovich

Proxorov Aleksandr Mixaylovich [1916.28.6 (11.7), Aterton sh., Avstraliya — 2002, Moskva] — rus fizigi, kvant elektronika asoschilaridan biri, akademik (1966 y.). Ikki marta mehnat qaxramoni (1969, 1986). Leningrad universitetini tugatgan (1939). Ilmiy ishlari paramagnit mazer, ochiq rezonator, gazodinamik va qattiq jismli tezlatkichlar, plazmalar Fizikasi va boshqalarga oid. N. G. Basov bilan hamkorlikda (Ch. Taunsdan mustaqil ravishda) birinchi kvant generator — mazerni yaratgan (1954). Xodimlari bilan Paramagnit mazerlarni yaratish usullarini rivojlantirgan (1957— 58). Lazer texnikasida keng qo’llanila boshlagan ochiq rezonatorlargryatsini (1958) va gazodinamik lazer g’oyasini (1967) ilgari surgan. U infraqizil va ko’rinadigan nurlanishlarning qudratli lazerlarini yaratish, bu lazer nurlanishlarning moddalar bilan o’zaro ta’sirlari to’g’risidagi fundamental ishlar muallifi. Katta Sovet Entsiklopediyasining 3-nashri (1969— 1978), Katta Rossiya Entsiklopediyasi (1996 yildan) Bosh muharriri. Nobel mukofoti laureati (1964; N. G. Basov va Ch. X. Tauns bilan hamkorlikda).