Pskov ko’li
Pskov ko’li — Rossiya Federatsiyasi Pskov viloyatidagi ko’l. Estoniya bilan bo’lgan chegarada. Maydoni 710 km2, chuqurligi 6-8 metr (ba’zi joylari 12 metrgacha). Pskov ko’li Chud ko’li bilan birgalikda yagona havzani, Chud — Pskov ko’lini hosil qiladi. Pskov va Chud ko’llaridagi pristanlar o’rtasida kema qatnaydi. Ko’lda baliq (sudak, leshch, sig) ovlanadi.