Psoroptoz
Psoroptoz, qo’tir — hayvonlar terisida parazitlik qiluvchi Psoroptes turkumiga mansub qichima kanalar tarqatadigan yuqumli kasallik. Sog’lom hayvonga kasal hayvondan yuqadi. Kichima kanalar turi va terida joylashish o’rniga qarab teri ustida, par-patlar orasida, teri ostida, quloq va b. a’zolarda Pa- razitlik qiladi. P. ko’pincha qish-bahor paytlarida paydo bo’lib, hayvonlarda qichish, junining to’kilishi, terisi- ning yallig’lanishi va qo’tirlanishi, orikdab ketish hollari b-n kechadi. Quyonlarning quloq atrofi zararlanadi (quloq qo’tiri). Qichima qo’tir kanala- ri har xil oraliq xo’jayinda, mas, teri usti kanalari (Psoroptes equi) otlarda, P.bovis qoramolda parazitlik qiladi. Tashhis klinik belgilar, zararlangan teri yag’irida kanalarning uchrashi, teri- ning zararlanishiga qarab qo’yiladi. Davolash: qo’ylar yozda akarisid (Di- krezil, kreolin, neosidol va b.) vanna- da (kichkina xrvuzda) cho’miltiriladi, sovuq paytda psorontol, Akrodeks, qoramollarga avval emul-gatorlar (op- 7, sovun va b.), keyin oltingugurt Kollo- idi, dermatozol yoki taktika emulsiyasi b-n ishlov beriladi; otlar 5%li oltin- gugurt angidridi b-n gaz kamerasida da- volanadi. Oldini olish: molxonalar, jihrzlar va hayvonlarga akaridtsidlar b-n ishlov berish (q. Demodekozlar). Ptoz (Yun. ptosis — tushish) — ko’z muskullari- ning falajlanishi natijasida yuqori qovoqning salqib tushishi. Tug’ma yoki hayotda orttirilgan bo’ladi. T u G’ma P., ko’pincha, nasldan-naslga o’ta-Di, deyarli hamma vaqt ikkala ko’z qovog’i salqiydi. Yuqrri qovoqni ko’ta-ruvchi muskulning rivojlanmay qolishi gug’ma P.ga sa- bab bo’ladi. Hayotda orttirilgan P.da, ko’pincha, bitta ko’z qovog’i salqiydi. P.ning bu xili ko’zni harakatlantiruvchi hamda simpa-tik nervlar b-n innerva- tsiyalanadigan muskullar falajlanishi natijasida ro’y beradi. P.ni davolash- da unga sabab bo’lgan omillar bartaraf etiladi. «P.»termini qaysi a’zoning nomiga qo’shib aytilsa, shu a’zoning tu- shishi tushuniladi (mas, buyrak P.i yoki nefroptoz va h.k.).