Pufak kamera
Pufak kamera — ionlashgan zar-ralar izlarini qayd qiluvchi asbob. Dastlabki P.k.ni 1952 y.da D. Glezer ixtiro qilgan. P.k. Vilson kamerasiga o’xshab zarralarning tabiati va xossala- rini aniklashga, ularning o’zaro ta’sir- lashuvi va parchalanishi to’g’risida to’liq ma’lumot olishga imkon beradi. P.k.ning ishlashi zarra traektoriyasi yaqinida o’ta qizigan suyuqlikning qay-nab ketishi (mayda bug’pufakchalari hosil bo’lishi) hodisasiga asoslangan. P.k.da membrane yoki porshen yordamida bosimni tez Pa- saytirib suyuklikning qaynab ketishi- ga erishiladi (rasmga q.). Ish suyukligi sifatida ko’pincha suyuq vodorod va dey- teriydan (kriogen P.k.) yoki proton, Fre- on, propan-freon aralashmasidan (og’ir suyuqlikli P.k.) foydalaniladi. Qaynab ketgan suyuklik qisqagina vaqt mavjud bo’ladi. Kamera o’ta sezgir holatga kel- gan (suyukdik qay-nay boshlagan vaqt)da unga ionlashgan zarralar kiritiladi. Zarralarning izlari bo’ylab pufakcha- lar zanjir hosil qilib ko’paya boshlay- Di. Pufakchalar 0,1— 0,3 mm o’lchamga ega bo’lganda, kamera L manba b-n yoritiladi va izlar o, va O2 ob’ektivlar yordamida suratga olinadi (stereorasmga olish dey- iladi). Shundan so’ng kamerada bosim osha boshlaydi, pufakchalar yo’qola boshlaydi va kamera yana ishlashga tayyor bo’ladi. P.k.da ish tsikli 1 sekunddan qisqa vaqt davom etadi. Kuchli magnit maydonida P.k. yordamida za-ryadlangan zarralar tra- ektoriyasining egrilik radiusi bo’yicha ularning im-pulsi aniqlanadi. P.k.dan ko’pincha za-ryadlangan zarralar tezlatki- chila foydalaniladi. Bunda kamerada ish tsiklining boshlanishi unga zarralar- ning kirish vaktiga Moe tushishi kerak. Ad.: Aleksandrov Yu. A. [i dr.], Pu- zirkovie kameri, M., 1963.