Pyasina

Pyasina — (Rossiya Federatsiyasi Krasnoyarsk o’lkasining Taymir (Dolganneneslar) milliy okrugidagi daryo. Uzunligi 818 kilometr, havzasining maydoni 182 ming km2. Pyasino ko’lidan boshlanib Kara dengizining Pyasina qo’ltig’iga quyiladi. Pyasina havzasida 60 mingdan ziyod ko’l (umumiy maydoni 10450 km2) bor. Asosan, qordan to’yinadi. Quyilish joyida urtacha suv sarfi 2600 m3/sek. Sentabr oxiri — oktabr boshlarida muzlab, iyunda muzdan bo’shaydi. Kema qatnaydi. Pyasina va uning irmoqlarida baliq ko’p.