Qalampir
Qalampir — ituzumdoshlarga mansub chala buta, buta yoki ko’p yillik o’tsimon o’simliklar turkumi, sabzavot ekini. Yovvoyi holda Amerikaning tropik rayonlarida uchraydi. Issiqsevar o’simlik. Peru Qalampiri, Kolumbiya Qalampiri, egilgan Qalampiri, sabzavot Qalampir yoki garmdori va boshqalar turlari bir yillik o’simlik sifatida hamma qit’alarda o’stiriladi. Sabzavot Qalampiri turining poyasi tik (1 metrgacha), ildizi o’qildiz, mevasi ko’p urug’li, qizil, sariq, to’q sariq, qo’zoq, shakli turlicha. Mevasi tarkibida qand, quruq modda, S, V, V2 vitaminlari, karotin, alkoloidlar bor. Sabzavot Qalampiri plasentasi tarkibidagi kapsaitsin alkaloidi miqdoriga qarab chuchuk va achchiq bo’ladi. O’zbekistonda achchiq Qalampirning «Marg’ilon 330» va «nafis» («Pikantngy»), mayda mevali «kelin tili» navlari ko’p ekiladi. Achchiq Qalampir qo’zog’ining po’sti yupqa, shakli maydauzunchoq. Gullaganidan keyin mevasi 35-40 kunda yetiladi. Urug’i issiqxonalarga sepilib, ochiq erlarga ko’chati ekiladi. Hosiddorligi 200 ts/ga. Ko’k va pishgan (qizil) qo’zoqlari xom holida iste’mol qilinadi, ovqatga solinadi, sirkalash, tuzlash, konservalashda, quritilgan mevasi tolqoni ziravor sifatida ishlatiladi. Tibbiyotda qandli diabet kasalligi hamda qonni suyultiruvchi davo sifatida, sanoatda shamollashga qarshi ishlatiladigan Qalampir malhamli mato ishlab chiqarishda foydalaniladi.