Qanday so’zlar eskirgan deb ataladi?
Odamzotning tashqi dunyo bilan tanishuvi uni qurshab turgan narsalarni bilishdan boshlanadi. Biroq adabiy asarlarda, masalan, tarixiy romanlarda yoki esdaliklarda, ko’pincha o’tmishdan bizga qadar kelgan so’zlarni uchratamiz. Ba’zida biz ularning ma’nosini oson tushunamiz, ammo nima haqda so’z borayotganini lug’atdagi ma’lumotsiz tushunish qiyin bo’ladigan holatlar ham uchraydi. Shunga qaramay, bunday so’zlar muayyan uslubiy maqsadlar bilan ishlatilishi hali ham davom etmoqda: maqsad esa — real tarixiy vaziyatni va qahramonlar nutqini qayta yaratish yoki ularni tavsiflashning vositasi sifatida foydalanishdir. Xo’sh, qanday so’zlar bular? Olimlar ularni eskirgan deb atashadi. Ular xuddi baland zamonaviy imoratlar orasida saqlanib qolgan ko’hna uylar singari tarixning tirik guvohi sanaladi. Ular tevaragidagi hayot allaqachon o’zgarib ketgan, ular esa hali ham turishibdi va o’zlarining eski rusumdagi nafisligi bilan ko’zlarni quvontirishadi. So’zlar taqdirida ham xuddi shunday kechmishlar sodir bo’ladi. Turmush o’zgaradi, bir buyumlar va tushunchalar boshqasining o’rniga keladi — ularni ifodalovchi so’zlar ham o’zgaradi. Masalan, kamzol, kaftan o’rniga birgina so’z keldi — pidjak. Bunday so’zlar tarixiya deb ataladi. Odatda ular insonni qurshab turgan narsalar va buyumlarni ifodalaydi. Kiyim-kechaklar, soch tarhlari, idishlar, xona bezaklari, vaziyatlarning nomlari. O’yinlar, ermaklar, taomlarning nomlari (fiksatuar, shtripkali chalvorlar, mantilya, kolamyankov ko’ylagi) ni ham shunga kiritish mumkin. Ular sinonimlarga ega emas, ularning ma’nosini to’laligicha aniqlash uchun lug’atga murojaat qilishga to’g’ri keladi. Ular aksariyat hollarda barqaror oborotlarda saqlanib holadi, ulardan tashqarida qo’llanmaydilar (bo’zchining mokisi, chillaki chillakini ko’rsa chumak uradi). Shunday bo’lsa-da, bu so’zlar biz allaqachon yiroqlashib ulgurgan davrlarning uforini yetkazishda yordam berganicha hali ham adabiy asarlarda to’laqonli umrini yashamoqda (blan-manje, sketing-ring, laun-tennis). Eskirgan so’zlarning boshqa bir guruhi arxaizmlardan tarkib topadi. Ular jonli nutqda, garchi, odatda ularga ancha zamonaviy so’zlar mos kelsa-da iste’molda qolmoqda (drujestvo — drujba, dayanie — dareniye). Ular og’zaki nutqqa tantanavorlik baxsh etadi yoki so’zlovchining kinoyaomuz munosabatini ifodalaydi. Yozuvchilar o’tmish muhitini yorqinroq ifodalash uchun ulardan ko’p foydalanishadi («Janob shvedlar, mashmashali so’qishmalardan, shugina sulh afzal ermasmi?»— deydi Pyotr I A. Tolstoyning romanida). Vaqt o’tishi bilan o’z ma’nosini o’zgartirgan odatiy so’zlar ham arxaizmga aylanib qoladi. Masalan, Pushkin zamonasida «pozor» so’zi «tomosha»ni anglatgan, hozir esa «benomuslik» ma’nosiga ega bo’ldi. Ba’zida esa so’z, «vozrazit» so’zi misolida ko’radiganimizdek qarama-qarshi ma’noga o’zgarishi ham mumkin. O’tmishda u shunchaki «javob berish» ni anglatgan, hozir esa — «qarama-qarshi fikr bayon qilish»ni bildiradi.