Qandil

Qandil — osma chiroq turi; bir yoki bir necha sham yoki lampochka qo’yiladigan turlari bor. Metall, plastmassa, ganch va boshqalar xom ashyolardan yasaladi. Qandilning shiftga va devorga o’rnatiladigan turlari bo’lib, ular bir yoki bir necha qismlar birikmasidan iborat bo’ladi. O’zbekiston hududida qadimdan saroy, madrasa va boshqalarni yoritish uchun sopol, mis, jez, ganch Qandillar yasalgan va ulardan keng foydalanilgan. Amir Temur maqbarasi, Shohizinda, Qusam ibn Abbos ziyoratxonalarida noyob Qandillar bo’lganligi ma’lum. 20-asrda, shuningdek, amaliy san’at ustalari tomonidan nafis jozibador ishlangan ganch Qandil keng tarqala boshladi (usta Shirin Murodov, T. Arslonqulov, A. Muxtorov va boshqalar).